empty

Texnik indikatorlar

Texnik indikatorlar — bu treyderning eng zarur vositasi bo'lib, u valyuta bozorini texnik tahlil qilishni amalga oshirishga va uning dinamikasini oldindan bilishga yordam beradi. Indikatorlar bozorlarning faqat statistik ma'lumotlarini aks ettirgani uchun texnik indikatorlar deb ataladi. Foreks indikatorlari savdo vositalarining kompaniyalarda tushgan pullar va daromad kabi asosiy ko'rsatkichlarni kuzatib bormaydi.

Valyuta bozori indikatori savdolar hajmi va narxning qiymatiga asoslangan. Indikatorning holatini tahlil qilib, bozor qaysi tomonga borishini - joriy trendni o'zgartirishi yoki saqlab qolishini aniqlash mumkin. Ishida texnik tahlildan foydalanuvchi treyderlar texnik indikatorlar yordamida pozitsiyalarning ochilishi yoki yopilishi to'g'risida qaror qabul qilishadi.

Texnik indikatorlarning bir nechta turlari mavjud.

Trend indikatorlar bozorda ma'lum savdo vositasi narxlarining harakatini tahlil qiladi. Savdoda trend indikatorlardan foydalanib, ayni paytda turli xil taymfreymlarda narx qayoqqa tomon harakat qilishini bilibgina qolmay, balki joriy yo'nalish qay darajada kuchli ekanini ham bilish mumkin. Trend indikatorlari universal hisoblanadi va istagan savdo strategiyasida foydalanish mumkin.

Trend indikatorlari orasida trend chiziqlari indikatorlari ham mavjud bo'lib, ular olingan ma'lumotlar asosida trend chizig'ini uzaytirishga intiladi, bu bilan bo'lajak narx oldindan bashorat qilinadi. Biroq ko'pincha bunday ma'lumotlar amalda tasdiqlanmaydi.

Kanal indikatorlari narx kanallarida savdo qilishda foydalaniladi, uning bosh tamoyili qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish chizig'ini yasash zarurligi hisoblanadi. Kanal indikatorlaridan foydalanishda siz kanalning kengligini mustaqil belgilashingiz va u yasalishi kerak bo'lgan dastlabki ma'lumotlarni tanlab olishingiz mumkin.

Ossillyatorlar — bular Foreks indikatorlari bo'lib, ular fletda, uxlab yotgan bozorda yaxshigina pul ishlab topishga yordam beradi. Ular yordamida grafikda yangi maksimumlar va minimumlarni aniqlash mumkin bo'ladi — indikator-ossillyator narx o'z yo'nalishi qachon o'zgarishini ko'rsatadi.

Oldindan xabar beruvchi indikatorlar bo'lajak tendensiyalarni u yoki bu mamlakatning iqtisodiyotida haqiqiy namoyon bo'lishigacha ko'rsatadi.

Volatillik indikatorlari Foreks bozorining daromadliligini ko'rsatadi.

Skalping indikatorlari sof ko'rinishda bozorda juda kamdan kam holatlarda foydalaniladi. Skalpingning butun bir tizimi zarurdir, chunki bu indikatordan yakka tartibda foydalanishga nisbatan yaxshiroq natijalar beradi.

Savdo hajmlari indikatori u yoki bu bozor harakatining kuchini yoki kuchsizligini baholash imkoniyatini beradi, chunki narx o'sganda yoki tushganda tasdiqlovchi omil vazifasini bajaradi.

Divergentsiya indikatori — bu texnik indikatorlar va narx grafigining o'zi o'rtasidagi ko'rsatkichlar muvozanati buzilganda vujudga keladigan savdo signalidir. Bunday holat, indikator narxdagi maksimum yoki minimumning eng katta qiymatini qayd qilganda yuz beradi. Har qanday divergentsiya indikatori savdo terminali darchasida narxning indikator grafigidan jiddiy og'ishini ko'rsatadi.

CSS indikatori, yoki valyutalar kuchi indikatori — bu valyutalarning bir-biriga nisbatan kuchini o'lchashga imkon beruvchi vositadir. CSSning ko'rsatishlarini hisoblash uchun texnik ma'lumotlardan foydalaniladi, bu esa bozordagi har qanday o'zgarishga tez va dinamik tarzda aks ta'sir ko'ratishga imkon beradi.

Olichish yoki yopilish signallarini ko'rish uchun indikatorlar narxlar va moliya vositalari savdolari hajmlari grafiklariga qo'yiladi. Indikator ko'rsatgichlarini tahlil qilish zarur axborotni - kelgusida narxning o'zgarishidan tortib, to maksimal aniq prognozgacha bo'lgan zarur axborotni ta+DIm etadi.

Texnik indikatorlar tarixi ularning asosiy turlarini farqlashga imkon beradi. Ertami yoki kechmi mazkur indikatorlar moliya bozorida pozitsiyalarni tahlil qilish uchun qo'llaniladi.

MetaTrader 4 da bugungi kunga kelib barcha mavjud bo'lgan indikatorlardan eng asosiylari bo'lib hisoblangan indikatorlar mavjud. MetaTrader 4 dan foydalanish ularning barchasi bilan savdo qilish vaqtida ishlash imkoniyatini beradi.

MetaTrader 4 terminali indikatorlaridan ayrimlarining namunasi:

O'z texnik tahlilingni MetaTrader terminali bilan boshla!

  • Бонус ИнстаФорекс 100%
    Прекрасный шанс увеличить первый депозит на 100%
    ПОЛУЧИТЬ БОНУС
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок
 

Dear visitor,

Your IP address shows that you are currently located in the USA. If you are a resident of the United States, you are prohibited from using the services of InstaFintech Group including online trading, online transfers, deposit/withdrawal of funds, etc.

If you think you are seeing this message by mistake and your location is not the US, kindly proceed to the website. Otherwise, you must leave the website in order to comply with government restrictions.

Why does your IP address show your location as the USA?

  • - you are using a VPN provided by a hosting company based in the United States;
  • - your IP does not have proper WHOIS records;
  • - an error occurred in the WHOIS geolocation database.

Please confirm whether you are a US resident or not by clicking the relevant button below. If you choose the wrong option, being a US resident, you will not be able to open an account with InstaForex anyway.

We are sorry for any inconvenience caused by this message.